Tarixsiz muvaffaqiyatga erishish qiyin...

Î ÍÀÑ

 
ÍÎÂÎÑÒÈ

ÈÑÒÎÐÈß

ÈÍÒÅÐÂÜÞ

ÑÏÐÀÂÎ×ÍÈÊ

Î ÍÀÑ

ÊÎÍÒÀÊÒ

"Baxtiyor-Shohboz" ishlab chiqarish firmasi Jizzax Televideniyesi o'z faoliyatini 1992 yil 1 sentyabrdan boshlagan. Jizzax televideniyesi (JTV) Jizzax shahri markazida joylashgan. JTV nodavlat ommaviy axborot vositasi sanaladi. 40 ga yaqin xodimlar ishlaydi. 100 vattli tarqatish kuchlanishidagi Televizion uzatish markaziga ega. Shuningdek, "Yangiliklar" informatsion dasturi, "Xumo", "Mehr" kabi studiyalar bilan bir qatorda yoshlar uchun faoliyat ko'rsatayotgan "Bolajon", "Tengdosh" dasturi va "ASR" yoshlar studiyalari JTV qoshida ishlab turibdi. JTVning Reklama agentligi asosiy daromad xizmatidir.

JTV ko'rsatuvlarini Zomin, Forish, G'allaorol, Baxmal tumanlarining bir qismidan tashqari viloyatdagi barcha tuman aholisi tomosha qiladi. Auditoriyaning umumiy soni 600 000 kishi (2000 yil 1 dekabr).

JTVdga Baxtiyor Eshonqulov rahbarlik qiladi. Rahbar televideniye faoliyatini yanada rivojlantirish, xodimlar malakasini oshirishda faol mehnat qilmoqda. Bosh muharrir Bekpo'lat Tog'ayev, jurnalistlar Muzaffar O'sarov, Nabi Hamidov, Raxima Abdullayeva, tasvirchilar Ilhom Jo'rayev, Ulug'bek Ochilovlar o'z yosh jamoadoshlariga boy tajribalarini o'rgatib kelishmoqda. JTV Internyus-O'zbekiston xalqaro tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan xalqaro seminarlarda qatnashib turadi. Shuningdek, Germaniyaning Deuschte Welle teleradiokompaniyasi, Respublikadagi boshqa telekompaniyalar bilan hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilgan.

O'zingizni qiziqtirgan savolni bakht@online.ru manziliga yo'llashingiz mumkin.

 
 

Jizzax telekanali© "ASR Records" studiyasi.Dizayner U.Raimjonov