BOSHIGA Yangiliklar
Xamkorlarimiz
Tarix
Xizmatlar
JTV
haqida
Manzilimiz
|
"Baxtiyor-Shohboz"
ishlab chiqarish firmasi Jizzax Televideniyesi o'z
faoliyatini 1992 yil 1 sentyabrdan boshlagan.
Jizzax televideniyesi (JTV) Jizzax shahri
markazida joylashgan. JTV nodavlat ommaviy
axborot vositasi sanaladi. 40 ga yaqin xodimlar
ishlaydi. 100 vattli tarqatish kuchlanishidagi
Televizion uzatish markaziga ega. Shuningdek,
"Yangiliklar" informatsion dasturi,
"Xumo", "Mehr" kabi
studiyalar bilan bir qatorda yoshlar uchun
faoliyat ko'rsatayotgan "Bolajon",
"Tengdosh" dasturi va "ASR"
yoshlar studiyalari JTV qoshida ishlab turibdi.
JTVning Reklama agentligi asosiy daromad
xizmatidir.
|
JTV
ko'rsatuvlarini Zomin, Forish, G'allaorol, Baxmal
tumanlarining bir qismidan tashqari viloyatdagi
barcha tuman aholisi tomosha qiladi.
Auditoriyaning umumiy soni 600 000 kishi (2000
yil 1 dekabr).
|
JTVdga
Baxtiyor Eshonqulov rahbarlik qiladi. Rahbar
televideniye faoliyatini yanada rivojlantirish,
xodimlar malakasini oshirishda faol mehnat
qilmoqda. Bosh muharrir Bekpo'lat Tog'ayev,
jurnalistlar Muzaffar O'sarov, Nabi Hamidov,
Raxima Abdullayeva, tasvirchilar Ilhom Jo'rayev,
Ulug'bek Ochilovlar o'z yosh jamoadoshlariga boy
tajribalarini o'rgatib kelishmoqda. JTV Internyus-O'zbekiston
xalqaro tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan
xalqaro seminarlarda qatnashib turadi. Shuningdek,
Germaniyaning Deuschte Welle teleradiokompaniyasi,
Respublikadagi boshqa telekompaniyalar bilan
hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilgan.
O'zingizni
qiziqtirgan savolni bakht@online.ru manziliga yo'llashingiz
mumkin.
|
|
|