|
|
|
|
13/03/2001 |
- Viloyatda
o'smirlar bilan xuquqiy
sohada tushuntirish ishlarini
olib boruvchi guruh uz ishini
davom ettirib shahrdagi
maktab o'quvchilari bilan
uchrashdi. Guruhning asosiy maqsadi
yoshlar o'rtasida sodir
etilayotgan jinoyatchiliklarga
qarshi kurash va bunga
chek qo'yish.
|
11/03/2001 |
- Jizzax
shahridagi Olimpiya zahiralari sport
kollejida ikki kun davom
etgan sambo bo'yicha
respublika chempionati o'z
nixoyasiga etdi. G'oliblar
avgust oyida buladigan Osiyo va
sentyabr oyida Kishinyovda
bo'ladigan Jahon
chempionatlarining saralash
bosqichida ishtirok etish
huquqini qo'lga kiritishdi.
|
7/03/2001 |
- Jizzax
viloyatidagi barcha mahallalarda onalar va
bolalar yiliga bag'ishlangan
"ALLA" ko'rik tanlovi
boshlandi. Unda mahallalardagi
xotin-qizlar, onaxonlar ishtirok
etmoqda. Tanlov g'oliblari
NAVRO'Z AYYOMI arafasida
aniq bo'ladi.
|
29/01/2001 |
- Jizzax
shahridagi asosiy ko'chalardan biri, "Ko'k
bozor" xududidagi Toshkent ko'chasi
berkitilgan edi. Shahar DANB xodimlarining sayi
harakatlari bilan , xozirda ushbu ko'chada
avtomobillar qatnovi yana yo'lga qo'yildi.
|
26/01/2001 |
-
Viloyatdagi barcha maktablarda 26-27 yanvar
kunlari o'quv mashg'ulotlari to'xtatildi. Sababi
maktablardagi sinf xonalari ancha sovuq. Bunday
xonalarda dars o'tish esa qiyinchiliklar
tug'dirmoqda. Viloyat gaz ta'minoti
muttasaddilari bu masala bo'yicha, viloyatga
kirib keluvchi asosiy gaz quvuri yunalishida
ta'mirlash ishlari olib borilayotganligini aytib
o'tdi. (tafsilotlar
uchun U.Raimjonovga yozing)
|
|
- Jizzax viloyat
bolalar shifoxonasida "Onalar va
bolalar" yiliga bag'ishlangan yangi
texnologiyalarni foydalanishga topshirish tadbiri
bo'lib o'tda. Unda Shifoxona bosh hakimi Holida
Alimova so'z olib oldindagi muammolarni hal etish
yo'llari haqida so'zladi. Chet eldan keltirilgan
yangi texnologiyalar dastlabki mijozlarini qabul
qila boshladi. (tafsilotlar
uchun U.Raimjonovga yozing)
|
25/01/2001 |
- Jizzax
viloyatininloq" qishlog'idagi
"Yangiobod" (lo'li qishloq) mahalla
aholisi qishni qiyin sharoitda o'tkazayapti.
Sababi u erda gaz yo'q. Rezina, plastmassa va
o'tinlarni yo'qib uy isitishmoqda. Yosh avlod esa
bu yonuvchi ashyolar chiqarayotgan yomon
xidlardan kasallanmoqda. (tafsilotlar
uchun U.Raimjonovga yozing)
|
24/01/2001 |
- Jizzax
shahridagi bir qator mahallalar ichimlik suvi
muammosi bilan band. (tafsilotlar
uchun U.Raimjonovga yozing) |
23/01/2001 |
- "UzExide" o'zbek-amerika qo'shma
korxonasi tanlovdan muvoffaqiyatli o'tgan
mutaxassislarni dastlabki guruhi AQSh ga yo'l
oldi. |
22/01/2001 |
- Jizzax
viloyatidagi asosiy suv omborga yangi kanaldan
suv keldi. Jami 14 kilometrlik kanal 1 fevraldan
to'liq ishga tushadi.Kanal Mirzacho'l kanalidan
kelib qushiladigan katta hajmdagi suvlar
qo'shilgan holda oqmoqda. |
20/01/2001 |
- Tez kunlarda
Jizzax shahrida "Barkamol avlod
o'yinlari" o'tkaziladi. Unda
Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan
vakillar sportning 10 dan ortiq turlari bo'yicha
kuch sinashishadi. |
15/01/2001 |
- Jizzax viloyat
sudida viloyatda xizbut-tahrir oqimi
boshqaruvchilari ustidan olib borilgan sud
jarayoni o'z nixoyasiga etdi. Baxmal tumanida
tug'ilgan aka-ukalar Umarqulov Idris va Juvashev
Naxmiddin surushtiruv va tergov jarayonida
topilgan daliliy ashyolarga binoan o'z ayblarini
tan olishdi. Asosiy jinoyatchi Naxmiddinga 14
yil, Idris esa 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Batafsil ma'lumotlar uchun U.Raimjonov bilan bog'lanishingiz
mumkin. |
08/01/2001 |
- "UzExide" o'zbek-amerika qo'shma
korxonasi tanlov asosida mutaxassislarni ishga
qabul qilyapti va AQSh ga stajirovkaga
junatmoqda. |
06/01/2001 |
- Jizzax viloyat
sudida diniy oqimda bir qator jinoiy ishlar
yuritgan ikki shaxs ustidan sud ishi davom
etdi.Hozircha sudlanuvchilar haqida malumot
berylmayapti. |
04/01/2001 |
- Jizzax viloyat
istiqbolstat boshqarmasi habariga kora
Jizzax viloyatining aholisi 1 yanvar kuni 988 382
kishiga etgan. |
02/01/2001 |
-
Jizzax shahrida yangi asr bayrami shodiyonalari
davom etyapti. Barcha bayram kayfiyati bilan
ko'cha kezmoqda. |
|
-
Jizzax telekanali yanvar oyidan, yangi yildan,
yangi 34-ditsimetrli kanalda ham o'z
ko'rsatuvlarini efirga uzata boshladi. |
|
- Jizzax
telekanali qoshida yangi studiya ish boshladi.
"TENGDOSH" deb nom olgan ushbu studiya
asosan yoshlar hayoti haqidagi ko'rsatuvlar
tayyorlab efirga chiqadi. |
01/01/2001 |
- Jizzax
shahridagi Tibbiy-ilmiy tekshirish instituti
2-tug'ruqxona bo'limida Jizzax viloyatining XXI
asrdagi birinchi chaqalog'i tug'ildi. Isroilovlar
oilasida dunyoga kelgan chaqaloqning ismini uning
ota-onasi ASRBEK deb quyishdi. |
21/12/2000 |
- Jizzax
shahridagi Yunus Rajabiy drama teatrida
"Kamolot" yoshlar jamg'armasi
tashabbusi bilan "BIZ KIMMIZ ?"
mavzusidagi baxs munozara bulib o'tdi. Unda
Jizzaxdagi oliy va o'rta maxsus o'quv
yurtlarining uqituvchi va uq- uvchilari ishtirok
etishdi. Anjuman so'nggida jizzax yoshlarining
Prezidentimiz I.A.Karimov nomiga yullangan
murojaati o'qib eshittirildi; |
|
- 23 dekabr kuni
Jizzaxdagi Navruzbuloq poygagohida "XXI
mardlari shiori ostida motopoyga musobaqalari
bo'lib o'tadi. Unda respublikamizning barcha
viloyatlari, shuningdek qo'shni mamlakatlar
jamoalari ishtirok etish istagini bildirishgan. |